Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Gʻofur Gʻulom kocha 10uy

2026-yil 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Urganch transport texnikumi negizida yangidan barpo etilayotgan Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ishlar sifati va zamonaviy talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi. Qurilish bilan tanishish chog‘ida mas’ullarga namunaviy xona tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. 
Shuningdek, vazir Q.Sharipov ushbu hududda barpo etilayotgan “Kasblar shaharchasi” loyihasi bilan ham tanishdi. Mazkur majmua kelgusida turli sohalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kasbiy ta’limning yangi modelini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Vazir tomonidan berilgan tavsiya va topshiriqlar mazkur loyihalarni zamonaviy talablarga mos holda amalga oshirish, kasbiy ta’lim tizimida sifat jihatidan yangi bosqichni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Gʻofur Gʻulom kocha 10uy
  • +998 (99) 965-57-55
  • info@hazorasp1-politexnikum.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili