Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Gʻofur Gʻulom kocha 10uy

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida taʼlim sifati va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, taʼlim jarayonlarini baholash va boshqarish tizimini zamonaviylashtirish, xususan, KPI tizimini joriy etish masalalari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, ularni amaldagi talablar va xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Yigʻilishda 2030-yilgacha taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha yangi mexanizmlar va yondashuvlarni ishlab chiqish, oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda mehnat bozori talablarini hisobga olish, ish beruvchilar bilan hamkorlikda yangi kvotalarni belgilash, kadrlarni maqsadli tayyorlash va kasbiy yoʻnalishga aniq ravishda yoʻnaltirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini jadallashtirish, taʼlim sifatini oshirishda proforiyentatsiya ishlarini kuchaytirish, universitetlar va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida integratsiyani mustahkamlash boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi. Ishchi guruh kelgusida ham doimiy ravishda yigʻilishlar oʻtkazib, taʼlim sifati va ilm-fanni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni amalga joriy etish boʻyicha faol ish olib borishi belgilandi. Yigʻilishda oliy taʼlim tizimidagi maʼlumotlar almashinuvi, tajriba va gʻoyalarni tarqatish mexanizmlarini rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Gʻofur Gʻulom kocha 10uy
  • +998 (99) 965-57-55
  • info@hazorasp1-politexnikum.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili