

12-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mutaxassislari tomonidan Prezidentning 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarining mas’ul bo‘linmalar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Farmonning asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari, tanlovlarni tashkil etish tartibi, tanlov komissiyasi a’zolarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda, sohaga oid islohotlar yangi bosqichga o‘tgani, jarayonlarni raqamlashtirish ishlari izchil va jadallik bilan olib borilayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan kelgusida bunday o‘quv-seminarlarni tizimli ravishda tashkil etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va farmonni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.